Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Ochiq ma`lumotlar / Ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlar

Hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish holati

10.10.2024 25.07.2025 1480


"O‘zmetkombinat" AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 30-iyun kuni Metallurglar madaniyat saroyida aksiyadorlarning 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda zoom platformasi orqali Kuzatuv kengashi a’zosi - Bobir Karimov raislik qildi, "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Marina Zabolotneva, Motivatsiyalash va mehnatga haq to‘lash boshqarmasi boshlig‘i v.b Gulnora Berdikulova, Kuzatuv kengashi kotibi Yulduzxon Usmanova, Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Abduraxmanova va bir guruh aksiyadorlar ishtirok etdilar.  
Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan 9 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, "O‘zmetkombinat" AJ Ijroiya organining 2024-yil yakunlari bo‘yicha, biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi, 2024-yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, "O‘zmetkombinat" AJ Kuzatuv kengashining 2024-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. "O‘zmetkombinat" AJning 2024-yil yakuni foyda va zararlarini taqsimlash hamda dividendlar to‘lash masalasi ko‘rib chiqildi. 
Bundan tashqari, "O‘zmetkombinat" AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi, "O‘zmetkombinat" AJning 2024-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari ko‘rib chiqildi.


“O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlari diqqatiga!
Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 2025-yil 30-iyun kuni soat 10:00 da aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini (internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmatidan foydalaniladi) Bekobod shahri, Istiqbol ko‘chasi, 1-uyda “Metallurglar madaniyat saroyi”da o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 
Aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi:
- aksiyadorlarni xabardor etish uchun – 2025-yil 5-iyun;
- aksiyadorlar ishtiroki uchun – 2025-yil 24-iyun.

Kun tartibi:
1.  Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2.  “O‘zmetkombinat” AJ Ijroiya organining 2024-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish:
  •  biznes-reja bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash;
  •  2024-yil yakunlari bo‘yicha faoliyat samaradorligini baholash mezonlari bajarilishi to‘g‘risida Ijroiya organining hisobotini tinglash;
  •  2024 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash;
  •  2024 yil moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlik tashkiloti xulosasini maʼqullash;
  •  “O‘zmetkombinat” AJning yillik hisobotini tasdiqlash.
3.  “O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashining 2024-yil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish.
4.  “O‘zmetkombinat” AJning 2024 yil yakunlari bo‘yicha foydasi va zararlarini taqsimlash hamda dividendlar to‘lash masalasini ko‘rib chiqish. 
5.  “O‘zmetkombinat” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
6. “O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi aʼzosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasini ko‘rib chiqish.
7.   “O‘zmetkombinat” AJ joriy xo‘jalik faoliyatiga taalluqli bitimlarni belgilash.
8.  “O‘zmetkombinat” AJ affillangan shaxslari bilan kelgusida kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.
9.  2024-yil yakunlari bo‘yicha Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

Aksiyadorlar va ularning vakillari 2025-yil 30-iyun kuni soat 8:30 dan 9:30 gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi xujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikka asosan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishiga doir axborotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zmetkombinat” AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasida tanishish mumkin.
____

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Korporativ veb-sayt: www.uzbeksteel.uz 
Telefon: +998 70 214 13 86 (ichki raqam: 10-46, 13-22) 
Elektron pochta manzili: sh.abduraxmanova@uzbeksteel.uz


“O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlari diqqatiga!
Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 2025-yil 22-aprel kuni soat 11:00 da aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini (internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmatidan foydalaniladi) Bekobod shahri, Istiqbol ko‘chasi, 1-uyda “Metallurglar madaniyat saroyi”da o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi:
- aksiyadorlarni xabardor etish uchun – 2025-yil 1 - aprel;
- aksiyadorlar ishtiroki uchun – 2025-yil 16 -aprel.

Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. “O‘zmetkombinat” AJ tarkibiy bo‘linmalari negizida ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etish orqali shuʼba xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlarini belgilash hamda taqsimlash balanslarini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 40-moddasiga asosan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa, o‘zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Aksiyalarni qaytarib sotib olish narxi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi xabar eʼlon qilingan kundagi bozor qiymati bo‘yicha belgilanadi.
Aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi yozma talabi aksiyadorning qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar soni ko‘rsatilgan holda info@uzbeksteel.uz elektron pochta manziliga aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay yuboriladi.

Aksiyadorlar va ularning vakillari 2025-yil 22-aprel kuni soat 9.30 dan 10.30 gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi xujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikka asosan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi*.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga doir axborotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zmetkombinat” AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasida tanishish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
----------------

*Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi-sharifi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar) bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi  va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan holda beriladi. Agar jamiyatning aksiyasi bir nechta shaxsning umumiy ulushli mulkida bo‘lsa, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish vakolatlari ularning xohishiga ko‘ra umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak – O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 67-moddasi.

Korporativ veb-sayt: www.uzbeksteel.uz 
Telefon: +998 70 214 13 86 (ichki raqam: 10-46, 13-22)
Elektron pochta manzili: sh.abduraxmanova@uzbeksteel.uz

 


“O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlari diqqatiga!
Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 2025-yil 10-fevral kuni soat 11:00 da aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini (internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmatidan foydalaniladi) Bekobod shahri, Istiqbol ko‘chasi, 1-uyda “Metallurglar madaniyat saroyi”da o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi:
- aksiyadorlarni xabardor etish uchun – 2025-yil 17-yanvar;
- aksiyadorlar ishtiroki uchun – 2025-yil 4-fevral.

Kun tartibi:
1.  Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2.  “O‘zmetkombinat” АJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
3.  “O‘zmetkombinat” AJning 2024-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yakunlarini moliyaviy hisobotlarning milliy standartlari talablariga muvofiq tekshirish uchun auditorlik tashkilotini belgilash.
4.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi qarori ijrosini ta’minlash.
5.  ““O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.

Aksiyadorlar va ularning vakillari 2025-yil 10-fevral kuni soat 9:30 dan 10:30 gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi xujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikka asosan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi .
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga doir axborotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zmetkombinat” AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasida tanishish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Korporativ veb-sayt: www.uzbeksteel.uz 
Telefon: +998 70 214 13 86 (ichki raqam: 10-46, 13-22) 
Elektron pochta manzili: sh.abduraxmanova@uzbeksteel.uz


“O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlari diqqatiga!
Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 2024-yil 5-noyabr kuni soat 11:00 da aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini (internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmatidan foydalaniladi) Bekobod shahri, Istiqbol ko‘chasi, 1-uyda “Metallurglar madaniyat saroyi”da o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning reyestrini shakllantirish sanasi:
- aksiyadorlarni xabardor etish uchun – 2024-yil 12-oktyabr;
- aksiyadorlar ishtiroki uchun – 2024-yil 30-oktyabr.
Kun tartibi:
1.  Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini va Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2.  “O‘zmetkombinat” АJ Kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish.
3.  “O‘zmetkombinat” АJ Ijroiya organi rahbarini tayinlash.
4.  “O‘zmetkombinat” АJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan maʼqullangan yirik bitim shartlariga o‘zgartirish kiritish.
5.  “O‘zmetkombinat” АJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

Aksiyadorlar va ularning vakillari 2024-yil 5-noyabr kuni soat 9:30 dan 10:30 gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi xujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikka asosan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi .
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga doir axborotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zmetkombinat” AJning Korporativ munosabatlar boshqarmasida tanishish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Korporativ veb-sayt: www.uzbeksteel.uz 
Telefon: +998 70 214 13 86 (ichki raqam: 10-46, 13-22) 
Elektron pochta manzili: sh.abduraxmanova@uzbeksteel.uz

 
 

5.00

(11 ovoz)