Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Ochiq ma`lumotlar / Ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlar

Hisobot (hay’at) yig‘ilishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi

16.02.2024 24.07.2025 1616

 

 

 

 

"O‘zmetkombinat" AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 30-iyun kuni Metallurglar madaniyat saroyida aksiyadorlarning 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda zoom platformasi orqali Kuzatuv kengashi a’zosi - Bobir Karimov raislik qildi, "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruv raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Marina Zabolotneva, Motivatsiyalash va mehnatga haq to‘lash boshqarmasi boshlig‘i v.b Gulnora Berdikulova, Kuzatuv kengashi kotibi Yulduzxon Usmanova, Korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Abduraxmanova va bir guruh aksiyadorlar ishtirok etdilar.  
Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan 9 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, "O‘zmetkombinat" AJ Ijroiya organining 2024-yil yakunlari bo‘yicha, biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi, 2024-yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, "O‘zmetkombinat" AJ Kuzatuv kengashining 2024-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. "O‘zmetkombinat" AJning 2024-yil yakuni foyda va zararlarini taqsimlash hamda dividendlar to‘lash masalasi ko‘rib chiqildi. 
Bundan tashqari, "O‘zmetkombinat" AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi, "O‘zmetkombinat" AJning 2024-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari ko‘rib chiqildi.

 

 

SAYYOR QABUL BO'LIB O'TDI

"O‘zmetkombinat" AJning Toshkent shahrida joylashgan "Ikkilamchi qora metallar" filialida sayyor qabul o‘tkazildi.
Uchrashuv filial rahbari H. Rahimov boshchiligida tashkil etildi. Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi hamda Xodimlarni boshqarish departamenti mutaxassislari ishtirok etdi.
Qabul jarayonida ishchi-xodimlar boshqa ish joyiga o‘tish, sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari, moddiy yordam masalalari kabi qator dolzarb savollar bilan murojaat qildilar.
Har bir murojaat ko‘rib chiqilib, ishchi-xodimlarga belgilangan tartibda tegishli tushuntirishlar va huquqiy ma’lumotlar berildi.
Qabul yakunida bildirilgan har bir masala bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash va amaliy chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi.



MUROJAATLAR KO‘RIB CHIQILDI

“O‘zmetkombinat” AJning Kadrlar bo‘yicha ish yuritish va tanlash boshqarmasi tomonidan jismoniy shaxs vakillari bilan qabul tashkil etildi. Unda Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi direktori nomiga ishga kirish va boshqa ishga o‘tish masalalarida murojaat qilgan jismoniy shaxs vakillari murojaatlari ko‘rib chiqildi. 
Qabul davomida Kadrlar bo‘yicha ish yuritish va tanlash boshqarmasi boshlig‘i Kseniya Gufurova murojaatlar bilan kelgan shaxslar bilan suhbatlashib ularga tegishli maslahatlar berildi. 

Qabul so‘nggida kombinatga ishga kirish hamda boshqa tarkibiy bo‘linmaga ishga o‘tish masalasida murojaat qilgan jismoniy shaxslarning murojaatlari o‘rganib chiqildi va “O‘zmetkombinat” AJ tarkibiy bo‘linmalari va filiallaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va bu borada tegishli qarorlar qabul qilinishi belgilab olindi.

 


IJROIYA QO‘MITASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

5-6-fevral kuni "O‘zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasining Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika
Kengashining bosh mutaxassisi Ilhomjon Kamolov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi apparati xodimlari,
Ijroiya qo‘mita a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan axborotlar berilib,
muhokamalardan so‘ng qarorlar qabul qilindi. Shundan so‘ng, hisobot saylov yig‘ilish (konferensiya)ini
yuqori saviyada o‘tkazishdagi ustuvor vazifalar yuzasidan tarmoq kasaba uyushmasi Respublika
Kengashining tashkiliy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi I.Kamolov yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar
berib o‘tdi.Shuningdek, yig‘ilish davomida kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva
2024-yil uchun Kasaba uyushmaning ijroiya qo‘mitasi oldida hisobot berdi.




AKSIYADORLAR YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

Bugun Metallurglar madaniyat saroyida “O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari
umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Kombinat Kuzatuv kengashi a’zosi - Iqtisodiyot va moliya
vazirligi davlat aktivlarini xususiylashtirish va transformatsiya qilish departamenti direktori
Jamshid Abdushukurov raislik qildi.Yig‘ilishda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Shu jumladan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini va sanoq
komissiyasi tarkibini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil
31-iyuldagi qarori ijrosini ta’minlash, “O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish
to‘g‘risida”gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash masalalari bo‘yicha korporativ munosabatlar boshqarmasi
boshlig‘i Shahnoza Abdurahmonova ma’ruza qildi. “O‘zmetkombinat” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy
tuzilmasini tasdiqlash masalasida aksiyadorlarga Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi direktori
Natalya Pleskachevskaya ma’ruza qilib, mazkur o‘zgartirishlar maqsadi haqida ma’lumot berdi. 

“O‘zmetkombinat” AJning 2024-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yakunlarini moliyaviy hisobotlarning
milliy standartlari talablariga muvofiq tekshirish uchun auditorlik tashkilotini belgilash masalasida
Bosh buxgalter Bahodir Eshonxo‘jayev aksiyadorlarga atroflicha ma’lumot berdi. 
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 



 

HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI 

 “O‘zmetkombinat” AJ Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari
xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh mutaxassisi Ilhomjon Kamolov raislik qildi. 

Kun tartibidagi birinchi masala – Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasining
2020-yil fevraldan 2025-yilning fevraligacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari
va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi
vazifalar to‘g‘risida Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yusuf G‘oyibnazarov
ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining
nizomiga asosan delegatlar yashirin ovoz berish orqali nomzodlar orasidan Ijroiya apparati
kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylashdi. Saylovda ko‘pchilik ovoz olgan Yusuf G‘oyibnazarov
Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. Yig‘ilishda Ijroiya apparati
kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi hamda “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining
hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi. 

Yig‘ilishda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi
raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Axmadjon Haqulov ishtirok etdi.




 

HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI 

“O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov
konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Metallurgiya va mashinasozlik sanoati
xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi, O‘zbekiston
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Axmadjon Haqulov raislik qildi. 
Kun tartibidagi birinchi masala – "O'zmetkombinat"AJ mehnat  2024-yilda jamoa
shartnomasi va uning ilovalarini bajarilishi  hamda "O'zmetkombinat" AJ Kasaba
uyushmasi qo'mitasining hisoboti va qo'mita tomonidan ishchi xodimlarga
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi
vazifalari to‘g‘risida "O'zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
Elzara Veliullayeva ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, konferensiyada Kombinat
markaziy labaratoriyasi boshlig'i A.Voxidov, Rangli metallar ishlab chiqarish bo'linmasi
boshlig'i A. Stulov, Temir yo'l xizmati boshlig'i B. Eshonqulovlar so'zga chiqib kasaba
uyushma qo'mitasi tomonidan kombinat ishchi xodimlariga ko'rsatolayotgan ijtimoiy
hamda moddiy yordamlar to'grisida aytib o'tishdi.Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba
uyushmalari federatsiyasining nizomiga asosan delegatlar tomonidan yashirin ovoz
berish orqali nomzodlar orasidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash jarayoni
bo'lib o'tdi. Sanoq komissiyasining hisoblash natijalariga ko'ra, saylovda Elzara Veliullayeva
"O'zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. 
Yig‘ilishda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi hamda “O‘zmetkombinat” AJ
Kasaba uyushmasi qo‘mitasining taftish komissiyasi tarkiblari ham saylandi.




 

Ijroiya apparatining Muzokaralar zalida "O‘zmetkombinat" AJning 2024-yil yakunlari
bo‘yicha hisoboti yuzasidan Matbuot anjumani o‘tkazildi. 

https://www.facebook.com/share/v/14rXxSPHyo/

 

 

 

5.00

(11 ovoz)