Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi
Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar:
2023:
- Jamoatchilikni “O‘zmetkombinat” AJ faoliyati haqidagi xabardorligi ko‘lamini yanada kengaytirish uchun kombinat rasmiy veb-saytidan foydalanish qulayligini oshirish maqsadida rasmiy veb-saytni yangi dizaynga o‘tkazish va takomillashtirish.
2024:
- Kombinat ishchi-xodimlarini korxonada bo‘layotgan so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirib borish maqsadida ichki axborot portalini joriy qilish;
- “O‘zmetkombinat” AJning Telegram, Facebook, Instagram, Twitter, YouTube ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini tasdiqlash (Verifikatsiya).
2025:
- “O‘zmetkombinat” AJning Telegram, Facebook, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida obunachilar sonini oshirish orqali kombinat faoliyati haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish ko‘lamini bosqichma-bosqich kengaytirib borish;
- Kombinat haqida jamoatchilik fikrini bilish maqsadida, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish va shu asosida ochiqlik sohasidagi yo‘nalishini belgilash;
- Kombinatning jamoatchilik oldidagi hisobdorlik tizimini kuchaytirish maqsadida tizimli press tadbirlar o‘tkazib borish.
- (Verifikatsiya).
2026:
- 2026-yilda “O‘zmetkombinat” AJ Matbuot xizmati tomonidan korxonaning respublika va xalqaro axborot maydonidagi ishtirokini kengaytirish, uning ishlab chiqarish salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, investitsiya loyihalari hamda rivojlanish istiqbollarini keng jamoatchilikka yetkazish borasida samarali ishlar amalga oshirish. Xususan, telekanallar, elektron ommaviy axborot vositalari, axborot platformalari va ijtimoiy tarmoqlarda kombinat faoliyatiga bag‘ishlangan media materiallar — televizion ko‘rsatuvlar, maxsus reportajlar, intervyular, yangiliklar lavhalari, Reels videoroliklari va axborot postlari e’lon qilish. Mazkur materiallarda kombinatning ishlab chiqarish quvvatlari, modernizatsiya jarayonlari, zamonaviy texnologiyalari, xalqaro hamkorlik aloqalari, investitsiya imkoniyatlari, yangi loyihalari hamda mehnat jamoasining yutuqlari keng yoritish.
Facebook, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida obunachilar sonini oshirish orqali kombinat faoliyati haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish ko‘lamini bosqichma-bosqich kengaytirib borilmoqda;- Kombinat haqida jamoatchilik fikrini bilish maqsadida, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish va shu asosida ochiqlik sohasidagi yo‘nalishini belgilash;
- Kombinatning jamoatchilik oldidagi hisobdorlik tizimini kuchaytirish maqsadida tizimli press tadbirlar o‘tkazib borish.