«Bekobod rangli metallar işlab çiqariş korxonasi» MÇJ
«Bekobod rangli metallar işlab çiqariş korxonasi» MÇJ mis va mis qotişmalaridan tayyor mahsulotlar işlab çiqariş, içki bozorni sanoat mahsulotlari bilan ta’minlaş hamda eksport geografiyasini kengaytiriş yönalişlarida faoliyat olib bormoqda.
Korxona 2025-yil 30-apreldagi «Özmetkombinat» AJ yagona iştirokçisining 1-sonli qaroriga asosan taşkil etilgan. İşlab çiqariş jarayonlari metallni eritiş va quyiş, prokatlaş, termik işlov beriş, şuningdek, tayyor mahsulotlarni kesiş va qadoqlaş kabi bosqiçlarni qamrab oladi.Eksport — xalqaro hamkorlikning muhim yönaliş.Korxona tomonidan işlab çiqarilayotgan mis va mis qotişmalaridan tayyorlangan mahsulotlar taşqi savdo şartnomalari asosida xorijiy hamkorlarga yetkazib berilmoqda. Jumladan, korxonaning eksport hamkorlari qatoriga Ozarbayjon Respublikasining GOKNUR BAKU LTD, Belarus Respublikasining «Kolorprokat» savdo-işlab çiqariş unitar korxonasi va ODO «Spetsmetpostavka», Qirğiziston Respublikasining OsOO «Avtomash-Radiator», Rossiya Federatsiyasining «Pramotronik» hamda Turkiyaning Coskun Copperalloys kompaniyalari kiradi.
Xorijiy buyurtmaçilar bilan hamkorlikda mahsulotlarning turi, miqdori, narxi va yetkazib beriş muddatlari özaro kelişuv asosida belgilanadi. Yetkazib beriş jarayonida xaridorlarning buyurtmalari, texnik talablari va şartnoma şartlariga amal qilinadi.Içki bozor — sanoat tarmoqlari bilan mustahkam aloqa.Korxona mamlakatimiz içki bozorida ham qator sanoat korxonalari va taşkilotlar bilan şartnomaviy asosda hamkorlik qilib kelmoqda. Ular orasida «Elektromaşinalari» MÇJ, SP OOO «Techno Gable Group», SP OOO «PROCAB», SP OOO «ARTIKULAZIYA KABEL», SP AO «UZKABEL», SP «Avtotraktorradiator», POOO «Fusunkor», OOO «Zavod NVA», OOO «Vodiy elektroniks», OOO «Toş Nur Plast», OOO «Suvenir», AO «Chirchikskiy transformatorniy zavod», AO «Uzbekkumir», AO «Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat», MÇJ «D-PRODUKT», «ZARBA AMMUNITION» MÇJ va «TURON SANOAT MEZON» MÇJ kabi korxona va taşkilotlar mavjud.
Mahsulotlar iste’molçilarning ehtiyojlari, buyurtmalari va texnik talablaridan kelib çiqqan holda yetkazib beriladi. Bu esa korxona mahsulotlarining turli sanoat tarmoqlarida qöllanilişi va işlab çiqaruvçilar örtasidagi kooperatsiya aloqalarining rivojlanişiga xizmat qiladi.Şartnomaviy işonç va barqaror hamkorlik Korxona faoliyatida buyurtmaçilar bilan şartnomaviy munosabatlarni yölga qöyiş, mahsulotlarni kelişilgan talablar asosida yetkazib beriş va hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş muhim örin tutadi. Har bir yetkazib beriş böyiça mahsulot turi, hajmi, narxi va muddatlari tomonlarning özaro kelişuvi asosida belgilanadi.
Içki bozordagi sanoat korxonalari bilan hamkorlik va xorijiy hamkorlarga mahsulot yetkazib beriş «Bekobod rangli metallar işlab çiqariş korxonasi» MÇJ faoliyatining muhim yönalişlarini taşkil etadi. Korxona uşbu yönalişlardagi işlab çiqariş va savdo aloqalarini şartnomalar asosida amalga oşirmoqda.