Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish
Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish korxonasi 1974-yildan beri faoliyat ko‘rsatadi. 52 turdagi sirlangan po‘lat idishlar ishlab chiqaradi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 3200 tonna mahsulotni tashkil etadi. Sirlangan po‘lat idishlar ichki bozorga yеtkazib beriladi va Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Moldova, Latviya, Ukraina, Germaniya, Rossiya, Chexiya va Bolgariyaga eksport qilinadi.