Texnogen chiqindilarni qayta ishlash
Texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘linmasi (oldingi shlak chiqindilarni qayta ishlash sexi) 2004-yilda foydalanishga topshirilgan. Boshida bu yеrda qora metall parchalari va chiqindilarini yig‘ish, saralash va saqlash ishlari olib borilgan. 2008-yilda shlak chiqindilarni qayta ishlash fabrikasi qurilishi to‘liq yakunlandi. Bo‘linma yiliga 180 ming tonna qayta ishlangan va saralangan xomashyo tayyorlash quvvatiga ega. Bugungi kunda texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘linmasi zarur miqdorda florit, marganes rudalari va ohak toshni maydalaydi, keyinchalik ular saralab, asosiy sexlarga yеtkazadi.