Mahalliylashtirish bo‘yicha kombinatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
2024-yil mahalliylashtirish dasturi
“O‘zmetkombinat” AJ da 2024-yilda umumiy qiymati 940,1 mlrd. so‘m bo‘lgan 38 ta loyiha bo‘yicha mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan, shu jumladan:
Joriy yilda mahalliylashtirish dasturinig yangi loyihalar bo‘yicha qiymati 899,7 mlrd. so‘mlik 32 ta loyiha o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Kengaytirilgan loyihalar bo‘yicha prognoz, qiymati 40,4 mlrd. so‘mlik 6 ta loyihani tashkil etmoqda.
Shu jumladan:
- Asbob-uskuna bo‘yicha jami 1 ta loyiha, 1,1 mlrd. so‘mlik,
- Butlovchi va ehtiyot qismlar 14 ta loyiha, 21,4 mlrd. so‘mlik,
- kon-metallurgiya uchun kimyoviy va boshqa mahsulotlar 1 ta loyiha, 28,9 mlrd. so‘mlik,
- tayyor mahsulot 17 ta, 888,7 mlrd. so‘mlik loyiha amalga oshirildi.
Mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish kombinatning quyidagi bo‘linmalarida amalga oshiriladi
- Navli prokatlash bo‘linmasi
- Zoldir porokatlash bo‘linmasi
- Metall konstruktsiyalar bo‘linmasi
- Quyuv-mexanika bo‘linmasi
- Mexanika-ta’mirlash bo‘linmasi
- Tajriba konstruktorlik laboratoriyasi
- Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi
2024-yil yanvar-oktabr oylarida mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 37 ta loyiha doirasida 832,6 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib rejaga nisbatan 100,8 foizga bajarildi.
Kombinatda yanvar-noyabr oylarida mahalliylashtirilayotgan 38 turdagi qiymati 883,3 mlrd. so‘m mahsulotlar ishlab chiqarilib rejaga nisbatan
101,0 foizga bajarilishi rejalashtirilmoqda.
So‘ngi davrlarda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha erishlshagan yuqori natijalar.
Bulardan: Navoiy kon-metallurigiya korxonasi uchun og‘irligi 18,5/36/40/45/50/60/ tonna bo‘lgan yanchish tegirmonining tushurgichli va yuklagichli sapfalari.