Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Ommaviy tadbirlar

“BEKOBOD EMAL”DA 8-MART MUNOSABATI BILAN XOTIN-QIZLAR TAQDIRLANDI

07.03.2026 07.03.2026 118

           

Kuni kecha “Bekobod Emal” MCHJda "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar" kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir kombinat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbir avvalida kombinat Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev so‘zga chiqib, korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning jamoa hayotidagi faolligi, ishlab chiqarish jarayonidagi fidokorona mehnati hamda korxona rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, Boshqaruv raisi o‘z nutqida barcha xotin-qizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi — 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir doirasida kombinatning turli tarkibiy bo‘linmalarida uzoq yillar davomida halol va fidokorona mehnat qilib kelayotgan, o‘zining namunali faoliyati bilan jamoaga o‘rnak bo‘layotgan 100 nafarga yaqin xotin-qizlar alohida e’tirof etildi. Ularga kombinat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Bayramona ruhda o‘tgan mazkur tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, korxonada xotin-qizlarga bo‘lgan yuksak e’tibor va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

 

0

(0 ovoz)