Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MINI FUTBOL BO‘YICHA “BOSHQARUV RAISI KUBOGI” MUSOBAQASI BOSHLANDI

08.05.2026 08.05.2026 26

   

“O‘zmetkombinat” AJda yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasiga tantanali start berildi. Ushbu turnir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Ochilish marosimida Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, uning tarbiyaviy ahamiyati hamda jamoaviy ruhni shakllantirishdagi muhim rolini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bunday musobaqalar yoshlarning faolligi, intilishi va jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Musobaqada kombinatning turli tarkibiy bo‘linmalaridan tashkil topgan yoshlar jamoalari ishtirok etmoqda. Har bir uchrashuv murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘lib, jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib boradi. “Boshqaruv raisi kubogi” doirasidagi o‘yinlar yuqori sport ruhi, halol raqobat va do‘stona muhitda o‘tishi kutilmoqda.

 

0

(0 ovoz)