Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MAHALLIY ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI

08.05.2026 08.05.2026 25

   

“O‘zbekkimyomash zavodi” AJ vakillari "O‘zmetkombinat" AJga tashrif buyurdi. Tashrif davomida import o‘rnini bosish va mahalliylashtirish imkoniyatlari o‘rganilib, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Tashrif davomida mehmonlar bosh mexanik, bosh energetik o‘rinbosari hamda tegishli yo‘nalish mutaxassislari hamrohligida Elektrda po‘lat eritish va Zoldir prokatlash bo‘linmalari, shuningdek, “Bekobod kislorod ishlab chiqarish korxonasi” MChJ va “Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar hamda texnologik uskunalarga bo‘lgan ehtiyojlar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida hozirda import qilinayotgan ayrim butlovchi qismlarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi. “O‘zbekkimyomash zavodi” mutaxassislari tomonidan texnik va texnologik jihatdan asoslangan takliflar ilgari surilib, bir qator mahsulotlarni mahalliy korxonalar salohiyati asosida ishlab chiqarish mumkinligi qayd etildi.

 

0

(0 ovoz)