+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“O‘ZMETKOMBINAT”DA XODIMLAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI

Metallurglar madaniyat saroyida tashkil etilgan navbatdagi qabulda kombinat xodimlari va fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid taklif hamda masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida moddiy yordam ajratish, boshqa ish joyiga o‘tkazish, mehnat shartlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, kombinatga ishga joylashish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir masala qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida amaldagi qonunchilik, ichki me’yoriy hujjatlar va belgilangan tartiblar asosida ko‘rib chiqildi. Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar esa belgilangan tartibda mas’ul tarkibiy bo‘linmalarga ijro uchun yo‘naltirildi.
Yakunlarga ko‘ra, ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning bajarilishi doimiy nazoratga olindi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş