“O‘zmetkombinat" aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
“O‘zmetkombinat” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning 2025-yildagi faoliyati yakunlari hamda kelgusi vazifalarga doir muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida aksiyadorlar tomonidan yig‘ilish reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, jamiyat Ijroiya organi hamda Kuzatuv kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobotlari, biznes-reja ijrosi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari, auditorlik xulosasi va yillik hisobot muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari, 2025-yil yakunlari bo‘yicha foyda va zararlarni taqsimlash hamda dividendlar to‘lash, jamiyatning joriy xo‘jalik faoliyatiga oid bitimlar ro‘yxatini belgilash, shuningdek, affillangan shaxslar bilan kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash masalalari yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi.