Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Kasbiy yo‘l amaliyotdan boshlanadi

21.07.2026 21.07.2026 24

   

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan 30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ularning zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “O‘zmetkombinat” AJga ekskursiya tashkil etildi.

Dastlab ishtirokchilar kombinat tarixi muzeyiga tashrif buyurib, korxonaning tashkil topish tarixi, bugungi rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarish salohiyati hamda mamlakat sanoatidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shundan so‘ng yoshlar kombinatning ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishib, po‘lat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita kuzatdilar. Ularga korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, tarkibiy bo‘linmalar faoliyati, zamonaviy texnologiyalar hamda mehnatni muhofaza qilish talablari haqida tushunchalar berildi.

Ekskursiya davomida mutaxassislar bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar, ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Bunday amaliy uchrashuvlar yoshlarning kasb tanlash borasidagi tasavvurlarini kengaytirish, mehnat bozori talablarini chuqurroq anglash hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatini ongli ravishda belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

0

(0 ovoz)