Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Energetik mustaqillik sari yirik qadam: “O‘zmetkombinat” hududida 150 MVt issiqlik elektr stansiyasini qurish taklifi ilgari surildi

10.08.2026 10.08.2026 65

  

“O‘zmetkombinat” AJda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlarida ishlab chiqarishning energiya barqarorligini ta’minlash, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va zamonaviy energetika infratuzilmasini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

12-avgust kuni Pekin shahrida “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya CSCES International kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev ham ishtirok etdi.

Muzokaralarning markaziy mavzusi “O‘zmetkombinat” hududida 150 MVt quvvatga ega zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini qurish masalasi bo‘ldi. Uchrashuv davomida Xitoy tomoni mazkur yirik energetika obyektini barpo etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, kombinat uchun zamonaviy akkumulyator energiya saqlash stansiyasini — Battery Energy Storage System (BESS) uskunalarini yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Mazkur ikki yo‘nalish kombinatning kelajakdagi energetika tizimi uchun strategik ahamiyatga ega. 150 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasining barpo etilishi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror energiya bilan ta’minlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirsa, BESS tizimi elektr energiyasini saqlash, zarur vaqtda tarmoqqa uzatish va energiya yuklamalarini samarali boshqarishga xizmat qiladi.

Muzokaralarda loyihalarni amalga oshirishning texnik va iqtisodiy jihatlari, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, energiya samaradorligini oshirish hamda uzoq muddatli investitsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, CSCES International sanoat va energetika infratuzilmasini rivojlantirish, yirik muhandislik loyihalarini amalga oshirish hamda zamonaviy energetik yechimlarni joriy etish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni batafsil o‘rganish, texnik va iqtisodiy parametrlarni muvofiqlashtirish hamda istiqbolli energetika loyihalarini keyingi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

150 MVt issiqlik elektr stansiyasini qurish hamda zamonaviy akkumulyator energiya saqlash tizimini joriy etish bo‘yicha bildirilgan takliflar “O‘zmetkombinat”ning energiya xavfsizligini mustahkamlash, ishlab chiqarish barqarorligini oshirish va kelajakdagi yangi metallurgiya quvvatlarini ishonchli energiya bilan ta’minlash yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘lishi mumkin.

 

0

(0 ovoz)