«Ochiq muloqot» shaklidagi onlayn videochat bo‘lib o‘tadi
2026-yil 24-sentyabr kuni soat 15:00 da «O‘zmetkombinat» AJning rasmiy Telegram-kanali orqali «Bekobod Emal» MCHJ: sifat, zamonaviy mahsulot va yangi bozorlar sari»» mavzusida «Ochiq muloqot» shaklidagi onlayn videochat o‘tkaziladi.Unda «Bekobod Emal» MCHJ boshlig‘i o‘rinbosari — Risqiboy Hasanov va Sotuvlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis — Mushtariy Badriddinova ishtirok etadi. Muloqot davomida kanal kuzatuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oladi.