Tibbiy-muhandislik brigadasi tomonidan nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi
«O‘zmetkombinat» AJ xodimlari uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, kasallanish hamda ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar darajasini kamaytirish maqsadida Boshqaruv raisi – bosh direktorning «Tibbiy-muhandislik brigadasi ishlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan, tasdiqlangan jadval bo‘yicha Zoldir prokat bo‘linmasida tibbiy-muhandislik brigadasi tomonidan nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi.
Tibbiy tekshiruvlar yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi-xodimlarning kasallanishi va shikastlanish holatlari yuzasidan shifokorlarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, yig‘ilish davomida Zoldir prokat bo‘linmasida mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ishchi-xodimlar tomonidan qo‘shimcha takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflar asosida kelgusida komissiya tomonidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish belgilandi.