Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

«UMK O‘ZLIDEP BOG‘I» — yangi yashil hudud barpo etilmoqda

28.09.2026 28.09.2026 22

 «O‘zmetkombinat» AJning UzLiDEP boshlang‘ich partiyasi tashabbusi bilan kombinat hududida «UMK O‘ZLIDEP BOG‘I»ni barpo etish bo‘yicha obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilib, qarovsiz yer maydonlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda xodimlar uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanini yaratishga qaratilgan.

Ayni paytda hududda yerlarni tekislash, mavjud daraxtlarni butash va parvarishlash, suv tizimlarini tashkil etish hamda beton quyish ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, ayvonchalar, o‘rindiqlar hamda shaxmat va stol tennisi maydonchalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

«UMK O‘ZLIDEP BOG‘I»ning barpo etilishi kombinat hududini yanada obodlashtirish bilan birga, xodimlar uchun qulay va yashil dam olish maskanini yaratishga xizmat qiladi.

             

 

 

 

0

(0 ovoz)