+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

Xodimlar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xodimlar murojaatlari joyida o‘rganildi
1 / 4
Unda “Ikkilamchi qora metallar” departamentining tayyorlov bo‘limi boshlig‘i, “O‘zmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasining mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.

Qabul davomida xodimlar ishga qabul qilish, boshqa ish joyiga o‘tkazish, sog‘lomlashtirish yo‘llanmalarini olish, moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ish haqi hisobidan qarz mablag‘lari ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Har bir murojaat yakka tartibda ko‘rib chiqilib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda hal etish, mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.


Sayyor qabul yakunida bildirilgan taklif va murojaatlar bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish, xodimlarning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning huquqiy hamda ijtimoiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish