«O‘zmetkombinat»da sayyor qabul o‘tkazildi
Fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini joyida o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida «O‘zmetkombinat» AJda sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul «O‘zmetkombinat» AJning 2026-yil 5-oktabrdagi 40-son bayonining 3-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan 2026-yil IV chorakda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish bo‘yicha sayyor qabullar jadvali asosida Korporativ munosabatlar boshqarmasida tashkil etildi.
Qabul davomida murojaatchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol va murojaatlarini bildirib, mas’ul rahbarlardan tegishli javob va tushuntirishlar oldilar.Qabul yakunida ayrim murojaatlarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida o‘rganib chiqish hamda ular yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.