O‘ZMETKOMBINATDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
“O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev rahbarligida ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, korxona infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud obyektlarni modernizatsiya qilish ishlari izchil olib borilmoqda.Jumladan, korxona hududlaridagi bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish obyektlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Amalga oshirilayotgan ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, texnologik imkoniyatlarni kengaytirish va korxona faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.