O‘ZMETKOMBINATDA SUN’IY INTELLEKT BO‘YICHA O‘QUV KURSLARI
“O‘zmetkombinat” AJda xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.Mashg‘ulotlarda ChatGPT, Claude AI va Google Gemini platformalarining imkoniyatlari, ulardan hujjatlar tayyorlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ish jarayonlarini takomillashtirishda foydalanish usullari amaliy misollar orqali namoyish etildi. Mazkur tashabbus korxonada raqamli transformatsiyani jadallashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.