21-OKTABR O'ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
Ona tilim — millatim faxri, ma’naviyatim ko‘zgusi! O‘zbek tili — xalqimizning bebaho ma’naviy merosi, milliy o‘zligimiz va asrlar davomida shakllangan boy madaniyatimizning yorqin ifodasidir.
Bugun o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish, uning boy imkoniyatlarini namoyon etish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.«O‘zmetkombinat» AJ jamoasi uchun ham ona tiliga hurmat — milliy qadriyatlarimizga, tariximizga va kelajagimizga bo‘lgan hurmatdir. Zero, ona tilimiz nafaqat qalblarni birlashtiradi, balki ezgu maqsadlar sari intilayotgan mehnat jamoamizning ham ma’naviy tayanchidir.
Ona tilimiz doimo ardoqda, qadri baland, nufuzi yanada yuksak bo‘lsin! Uning jozibasi va boyligi qalblarimizda, so‘zlarimizda va kelajak avlodlarimiz hayotida abadiy yashasin!Ona tilimiz — millatimiz g‘ururi va birligimiz timsoli!