E’LON! NAVBATDAN TASHQARI KONFERENSIYA O‘TKAZILADI
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi Nizomining 4.2.1-bandiga muvofiq, 2026-yil 3-noyabr kuni navbatdan tashqari Konferensiya o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 3-noyabr
Vaqt: soat 11:00
Manzil: Bekobod shahri, Metallurglar madaniyat saroyi
Konferensiyaning taxminiy kun tartibi:
Konferensiya raisi va kotibini saylash;
Konferensiya kvorumini tekshirish va tasdiqlash;
Sanoq komissiyasini saylash, ovoz berish shakli va tartibini belgilash;
Kasaba uyushmasi a’zolarining murojaatlari va e’tirozlarini ko‘rib chiqish;
Qo‘mita faoliyatini baholash va kelgusi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Nizomda belgilangan tartibda, tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, qo‘mita raisini saylash masalasini ko‘rib chiqish.