+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

“O‘ZLIDEP BOG‘I”DA BAJARILAYOTGAN ISHLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

“O‘ZLIDEP BOG‘I”DA BAJARILAYOTGAN ISHLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
1 / 7

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev va kombinatga tashrif buyurgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor Nikolayevich, O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi raisi To'lqinjon Fayziyevlar bilan birgalikda “O‘zLiDeP bog‘i”da olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.Hududni tartibga keltirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda dam olish uchun qulay sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.Shuningdek, Bahodir Abdullayev tashabbusi bilan kombinat va “O‘zLiDeP bog‘i”ga kiraverishda zamonaviy arka quriladi. Milliy naqshlar va yoritish elementlari bilan bezatiladigan arka hududga yanada ko‘rkam qiyofa bag‘ishlaydi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish