ELEKTRON IMTIHON TOPSHIRISH JARAYONIDAN
Xabaringiz bor, sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha doimiy faoliyatdagi komissiya (DFK) imtihonlari (kombinat rahbar va mutaxassislarining bilimlarini sinash va tekshirish uchun testlarni topshirish) tb.uzbeksteel.uz platformasi orqali olinmoqda.Ushbu platformani ishga tushirishdan ko‘zlangan maqsad ishchi-xodimlarning imtihon topshirishlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdir. Bu o‘z navbatida imtihon oluvchilarga bir qancha yengilliklar yaratilgan bo‘lib, ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt sarfini kamaytiradi. Qolaversa, ishchi-xodimlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, tb.uzbeksteel.uz platformasida imtihon topshirish vaqtida rus yoki o‘zbek tilini tanlashlari mumkin. Shuningdek, imtihon topshiruvchilar bu bo‘lim orqali sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha savolnomalar bilan tanishishlari mumkin. Yana bir muhim jihati, ushbu platforma orqali testlarga tayyorlanishlari uchun sohaga oid zarur qo‘llanmalarni yuklab olishlari ham mumkin.