+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

TARG‘IBOT VA TASHVIQOT ISHLARI OLIB BORILDI

TARG‘IBOT VA TASHVIQOT ISHLARI OLIB BORILDI
1 / 2

   O‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davomida ishchi-xodimlarga ko‘rsatmalar berildi va qish mavsumida yong‘in, is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
   Shu bilan bir qatorda metallurg ishchi-xodimlariga elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bilish lozimligi hamda jihozlarni o‘z muddatida mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazib turish kerakligi haqida ham ma’lumotlar berildi.
   Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan  fuqarolarga tushuntirish ishlari hamda tavsiya va ko‘rsatmalar berilib yong‘inga sabab bo‘luvchi vositalar, asbob-anjomlar, xususan, dazmol, elektr suv isitgichlari, elektr isitish asboblari, televizor, mikroto‘lqinli pechlardan ehtiyotkorona foydalanish, har bir ishlatilgan buyumni o‘chirib, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, oshxonalarda gazni keraksiz paytlarda o‘chirish, uyqudan oldin uyni yana bir bor ko‘zdan kechirish lozimligi haqida gapirilib, eslatmalar tarqatildi.

   Hurmatli fuqarolar va "O‘zmetkombinat" AJ  ishchi-xodimlari o‘zingiz va yaqinlaringiz mol-mulki, hayoti va sog‘lig‘iga befarq bo‘lmang! OGOH BO‘LING !!!

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş