SAMARADORLIKKA ERISHILMOQDA
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu bo‘linmada tayyorlanayotgan mahsulotlar respublikamizda elektrotexnika sanoatining mis mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondiradi. Bundan tashqari mahsulotlarni chetga eksport qilish ham munosib uddalanmoqda. O‘tgan yanvar oyini sarhisob qiladigan bo‘lsak ular mis va mis qotishmalaridan tayyorlanadigan folga, lenta va tasmalar ishlab chiqarishdi. Buyurtmachilarga keladigan bo‘lsak, Ichki hamkorlar: "Avtotraktorradiator" QK, Electric sales MCHJ, "Standart elektro texnika" MCHJ, "Amistron grant mix" x/k, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJkabi korxona va firmalariga yuklab berildi.
Quvonarlisi, 90% mahsulotlar eksportga yuborilmoqda. Aynan yanvar oyida Turkiya va Qozog‘iston davlatlari firmalariga yuklab berildi.