BUNYODKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Bu ishlarda Qurilish-montaj bo‘linmasi quruvchilari sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda. Ular zamonaviy maxsus jihozlar, eng ilg‘or qurilish materiallaridan foydalanyaptilar. Bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yirik investitsion loyihalardan biri bo‘lgan Quyuv-prokatlash majmuasini bunyod etishda quruvchilarimiz ham faol ishtirok etishmoqda.
Jumladan, QPM atroflarini tekislash, katta yo‘l chetlarida piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar - trotuarlar barpo qilish, atroflarni obod qilishda baholi qudrat mehnat qilishmoqda. Qurilish-montaj bo‘linmasi ustasi Davlat Xolmurodov, birgada boshlig'i Shokirjon Fayzullayev jamoasini bunga misol qilib olishimiz mumkin.
Ta’kidlash joizki, kombinatning Qurilish-montaj bo‘linmasida mehnat qilayotgan ishchi-odimlar nafaqat kombinatimizning muvaffaqiyatli faoliyati, balki butun hududlarimizning obodligi ham ularning mehnatiga bog‘liq.
Albatta, quruvchi bo‘lish korxonamiz, shahrimiz, yurtimiz qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan ulkan va muhim ishlarda faol qatnashish demakdir.