AKSIYADORLAR YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
Yig‘ilishda kombinat Kuzatuv kengashi a’zosi - Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat aktivlarini xususiylashtirish va transformatsiya qilish departamenti direktori Jamshid Abdushukurov raislik qildi.
Yig‘ilishda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Shu jumladan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi qarori ijrosini ta’minlash, “O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash masalalari bo‘yicha korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Abdurahmonova ma’ruza qildi. “O‘zmetkombinat” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash masalasida aksiyadorlarga Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi direktori Natalya Pleskachevskaya ma’ruza qilib, mazkur o‘zgartirishlar maqsadi haqida ma’lumot berdi.
“O‘zmetkombinat” AJning 2024-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yakunlarini moliyaviy hisobotlarning milliy standartlari talablariga muvofiq tekshirish uchun auditorlik tashkilotini belgilash masalasida Bosh buxgalter Bahodir Eshonxo‘jayev aksiyadorlarga atroflicha ma’lumot berdi.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.