Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

12.02.2025 12.02.2025 239

     

   Yig‘ilishga O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh mutaxassisi Ilhomjon Kamolov raislik qildi.

  Kun tartibidagi birinchi masala – Ijroiya apparati sex kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yilning fevraligacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida Ijroiya apparati sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yusuf G‘oyibnazarov ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining nizomiga asosan delegatlar yashirin ovoz berish orqali nomzodlar orasidan Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylashdi. Saylovda ko‘pchilik ovoz olgan Yusuf G‘oyibnazarov Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. Yig‘ilishda Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi hamda “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

  Yig‘ilishda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Axmadjon Haqqulov ishtirok etdi.

 

5.00

(1 ovoz)