HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Yig‘ilishga kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Tursunqulov, Navli prokatlash bo‘linmasi boshlig‘i Valeriy Salyamov ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi birinchi masala – Navli prokatlash bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yilning fevraligacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida Navli prokatlash bo‘linmasi sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abduvohid Ergashev ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining nizomiga asosan delegatlar yashirin ovoz berish orqali nomzodlar orasidan Navli prokatlash bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylashdi. Saylovda ko‘pchilik ovoz olgan Abduvohid Ergashev Navli prokatlash bo‘linmasi sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta saylandi. Yig‘ilishda Ijroiya apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi hamda “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.