+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
1 / 9

   Yig‘ilishda  Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi boshlig‘i Qobiljon Rasulov, katta po‘lat erituvchi, O‘zbekiston Qahramoni Olim To‘ychiyev ishtirok etishdi. 
   Kun tartibidagi birinchi masala – Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yilning fevraligacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida, kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ma’ruf Allamurodov ma’lumot berib o‘tdi.
   Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining nizomiga asosan delegatlar yashirin ovoz berish orqali nomzodlar orasidan Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylashdi. Saylovda ko‘pchilik ovoz olgan Ma’ruf Allamurodov Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta saylandi. Shuningdek, yig‘ilishda Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi hamda “O‘zmetkombinat” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş