“USTOZ VA SHOGIRD” AN’ANALARI
Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik an’analari ko‘plab mehnat jamoalarida, shu jumladan, korxona va tashkilotlarda qo‘llanib keladi.
Aynan “O‘zmetkombinat” AJda ham tajribali mutaxassislarga yosh kadrlar biriktirilib, sohalari bo‘yicha bilimlari oshirilmoqda. Navli prokatlash bo‘linmasining po‘lat simlar ishlab chiqarish uchastkasida bir necha yillardan beri mehnat qilib kelayotgan smena brigada boshlig'i Mansur Bozorboyev ham uchastkaga kelayotgan yoshlarga katta e’tibor qaratib, kasb sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
Xalqimizda "Ustoz ko‘rmagan shogird - har maqomga yo‘rg‘alar" degan hikmatli ibora bejizga aytilmagan. Ustozlik – bu yoshlarni har tomonlama tarbiyalashdagi bir yo‘nalish hisoblanadi. Chunki har qanday vaqtni taqsimlashda maqsad, vazifa, vositalardan qanday foydalanish zarurligini o‘rgatib shogirdlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun yo‘nalishda bilim, ko‘nikma, malakalar egallashga jalb qila bilish ustoz siymosini yanada obro‘-e’tiborli shaxsga aylantiradi. Mansur Bozorboyev o‘tgan yillar davomidabir qancha yoshlarni tarbiyalab, kasbga bo‘lgan sadoqat, oldinga qarab intilish, o‘z kasbining fidoiysi bo‘lishida ustozlik qildi. Shogirdlari orasida usta Xusniddin Mahkamov, brigadf boshlig'i Ilhom Buhorboyev kabi yoshlarni misol qilib olishimiz mumkin.