Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

22.02.2025 22.02.2025 216

        

  Yig‘ilishga Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Axmadjon Haqulov raislik qildi.

  Kun tartibidagi birinchi masala – "O'zmetkombinat" AJ mehnat 2024-yilda jamoa shartnomasi va uning ilovalarini bajarilishi hamda "O'zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo'mitasining hisoboti va qo'mita tomonidan ishchi xodimlarga ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalari to‘g‘risida "O'zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva ma’lumot berib o‘tdi.

 Shuningdek, konferensiyada Kombinat markaziy labaratoriyasi boshlig'i A.Voxidov, Rangli metallar ishlab chiqarish bo'linmasi boshlig'i A. Stulov, Temir yo'l xizmati boshlig'i B. Eshonqulovlar so'zga chiqib kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan kombinat ishchi xodimlariga ko'rsatilayotgan ijtimoiy hamda moddiy yordamlar to'grisida aytib o'tishdi.

  Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining nizomiga asosan delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish orqali nomzodlar orasidan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash jarayoni bo'lib o'tdi. Sanoq komissiyasining hisoblash natijalariga ko'ra, saylovda Elzara Veliullayeva "O'zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.

  Yig‘ilishda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi hamda “O‘zmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasining taftish komissiyasi tarkiblari ham saylandi.

 

0

(0 ovoz)