Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘Z KASBINING FIDOIYLARI.

24.02.2025 24.02.2025 243

  Ularning asosiy ish vazifalari mahsulot sifatini nazorat qilib turishdan iboratdir. Demak, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qanchalik sifatli chiqishi ularga ham bog‘liq. Buning uchun ular tayyorlanayotgan mahsulotlarning boshidan tortib tayyor holatga kelgunicha bo‘lgan davrda mahsulot sifatini nazorat qilishadi.

   Nazorat xizmatining malakali ishchi-xodimlari bu borada bor tajribalarini ishga solib maxsus tekshirish asboblari yordamida mahsulot hajmini tekshirib chiqishadi. Bundan tashqari ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotdan namuna olib laboratoriyaga jo‘natishadi. Laboratoriyadan kelgan maxsus javoblardan so‘ng, ya’ni, mahsulot sifati yaroqliligi haqidagi hujjatdan so‘ng ushbu tayyor mahsulotlar iste’molchilarga jo‘natiladi. Shundan ko‘rinib turibdiki, nazorat xizmatida mehnat qilayotgan soha xodimlarining ish vazifalarini oson deb bo‘lmaydi. Shu sababli ular ishlarini sinchkovlik bilan amalga oshirib kelishmoqda.

  Bugungi kunda korxonamizning xar bir tarkibiy bo‘linmalarida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilib buyurtmachilarning soni oshishiga, eng asosiysi tayyor mahsulotlarimiz chetga eksport qilish hajmi ham oshmoqda. Demak ana shu jihatlarni kuzatadigan bo‘lsak, bunday yutuqlar qo‘lga kiritilishida aynan kombinatimizning Mahsulot sifati va standartlariga rioya etilishi nazorati xizmati ishchi-xodimlarining xizmatlarini alohida qayt etish lozim. Ularning sa’yi harakati va intilishlari evaziga ham kombinatimizda davlat standarti talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

 

0

(0 ovoz)