ELEKTRDA PO‘LAT ERITISH BO‘LINMASI
Aytish kerakki, ular hozirda ko‘zlagan natijalariga erishish yo‘lida oldinga qarab intilib, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishmoqda. Albatta, Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida qanchalik ko‘p va sifatli po‘lat quymalari o‘z vaqtida tayyorlab berilsa, boshqa tarkibiy bo‘linmalarda mana shu po‘lat quymalaridan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Bo‘linmadagi har bir ishchi-xodim oldlariga qo‘yilgan topshiriqlarni munosib bajarib kelishmoqda. Albatta, mahsulotni talab darajasida tayyorlash uchun avvalo malakali mutaxassislar kerak buladi qolaversa pechni bir maromda ishlashini ta’minlash uchun uni doimiy nazorat qilib turish lozimdir. Ana shu ishlarni bajarish malakali ishchi – mehnatchilarning zimmasidadir. Bu yerda esa tajribali ishchi-xodimlar anchagina. Bugun ularning tinimsiz mehnatlari evaziga bo‘linmada ishlar kutilganidek ketmoqda.