MUTAXASSISLAR TOMONIDAN ZARURIY TAVSIYALAR BERILDI
Joriy yilning 20-fevral kuni kombinat Sanoat xavfsizligi departamenti, Toshkent viloyati FVB masʼul xodimlari hamda tarkibiy bo'linmalari rahbarlari ishtirokida "O'zmetkombinat" AJga qarashli barcha boʻlinmalarda favqulodda vaziyat va yong'in xavfsizligi holatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash boʻyicha yigʻilishi oʻtkazildi.
Yig'ilish davomida kombinatga qarashli barcha bino va inshootlarning yong'in xavfsizligini taʼminlash bo'yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari bo'yicha so'z yuritilib, mutaxassislar tomonidan zaruriy tavsiyalar berib o'tildi.