+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

“YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARIGA QARSHI KURASH” OYLIGI O‘TKAZILMOQDA.

“YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARIGA QARSHI KURASH” OYLIGI O‘TKAZILMOQDA.
1 / 5

  Shu munosabat bilan “O‘zmetkombinat” AJda ham o‘tkazilgan tadbirda yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatlar, xususan giyohvand moddalar va psixotrop moddalar tarqalishi bilan bog‘liq qonunbuzarliklar xususida ma’lumotlar berildi.

  Navli prokatlash bo‘linmasining faollar zalida kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkilotchiligida o‘tkazilgan tadbirda Bekobod shahar IIBning tezkor qidiruv xizmati, jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlari Rahmatullo Jamoliddinov, Oybek Abdusattorovlar ishtirok etib kombinat yoshlariga mavzu yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tishdi. Ta’kidlandiki, giyohvand modda inson salomatligi uchun jiddiy xavf solib, uning ham aqlan va jismonan majruh bo‘lishiga olib keladi. Giyohvand moddani iste’mol qilgan kishi uning quliga aylanib, bor bisotini ana shu illat uchun yo‘q qiladi. Kishini jinoyat yo‘liga boshlaydi.

  Tadbirda shular xususida so‘z borib, tinch-totuv oilani parokanda qilishga sabab bo‘luvchi giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan xabardor bo‘lishi va unga qarshi har bir kishi kurashishi lozimligi qayd etildi. Yig‘ilishda mavzuga oid bukletlar ham tarqatilib, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida videoroliklar namoyish etildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş