MEHNATKASH AYOLLARDAN BIRI
O‘z kasbini ardoqlab, halol va zahmatli mehnati evaziga topgan daromadini oilasi, farzandlari bilan birgalikda baham ko‘rishni, ularning eng yaxshi kunlariga baxshida etishni, shuningdek, o‘zining halol mehnati bilan elu xalqimizga beminnat xizmat ko‘rsatishni o‘zining sharafli ishi deb bilishadi. Ana shunday mehnatkash va zahmatkash ayollardan biri Nargiza Berdiboyeva bo‘ladi. U mana o‘n sakkiz yildirki, kombinatimizda ishlab kelmoqda. Dastlab, o‘zining ish faoliyatini kasanachilikda boshlagan N. Berdiboyeva keyinchalik kombinatimizning asosiy bo‘linmalaridan biri Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida pult boshqaruvchisi sifatida mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Aytish lozim bu bo‘linmada erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilib kelayotgan har bir ayol vazifalarini sidqidildan bajarib kelishmoqda. Asosiysi, o‘z ishini sevadigan va uni sharaf bilan bajarishga harakat qilayotgan jamoa o‘z ishlariga jiddiy yondashgan.