“MILLIY QADRIYATLAR KUNI”
Bugungi kunda asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an’analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ma’naviyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi. Qadriyatlar yuqorida ta’kidlanganidek, o‘tmish bilan hozirgi kun o‘rtasidagi vorisiylikni ta’minlaydi.
Xalqimiz madaniy merosi, an’analari, urf-odatlari bizlar uchun faqat o‘tmishdan qolib kelayotgan yodgorlikkina emas, barcha ma’naviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurining buyuk yutug‘i hamdir.
Tashkil etilayotgan bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlarimiz ong-u shuurida milliy o‘zligimiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimizga hurmat hissini uyg‘otishdir.