YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 28-fevral kuni "O‘zmetkombinat" AJ OYOXTTEB xodimlari tomonidan "O‘zmetkombinat" AJ hududida xizmat ko‘rsatayotgan "RENESSANS AVRASIYA" qurilish firmasi ishchi-xizmatchilari bilan favqulodda vaziyat va yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida "Renessans avrasiya" qurilish firmasining boshqaruv binosida shartli ravishda yong‘in sodir bo‘ldi deb hisoblanib, binoda faoliyat yuritayotgan xodimlar harakati kuzatildi. Qatnashchilar favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda zaruriy harakatlar tartibi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Bu kabi amaliy –taktik mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad obyektdagi ishchi-xizmatchilarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, jabrlanganlarni qutqarish, birinchi yordam ko‘rsatish hamda yong‘inni bartaraf etish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.