+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

MALAKALI MUTAXASSIS

  Abduvali Akbaraliyev ham o‘z istaklariga qarshi chiqmagan holda mana 40 yildirki Temir-tersaklarni qayta ishlash bo‘linmasida metallarni gazda kesuvchi kasbida mehnat qilib kelmoqda.

  U kombinatga ishga kirgan vaqtda 20 yoshda edi. Ishga kirgan yosh kadrlarni kelajakda malakali kasb egasi bo‘lishida albatta ustozlarning o‘rni beqiyos. A. Akbaraliyevning ustozi Sherali Turdiboyev ham shogirdiga o‘zida bor bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatib malakali mutaxassisga aylanishiga yordam berdi.

  Qahramonimiz har ish kunida 9 tonna metall kesib oldiga qo‘ygan topshiriqlarni munosib bajarib kelmoqda.

  Uning fikricha har qanday kasbni o‘ziga yarasha mashaqqati va mas’uliyati bor. Qolaversa, kasb tanlashda keyinchalik odamlarga, jamiyatga qanday foyda keltirishimiz kerakligi haqida ham o‘ylashimiz kerak.

   Haqiqatdan inson maqsadlarining  eng muhimi uning kasbidir. Chunki, kasb bu hurmat, hamkasblari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish, jamiyatga foyda keltirish demakdir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş