MEHNAT QILGAN ELDA AZIZ
“O‘zmetkombinat” AJning Elektr uskunalarini ta’mirlash bo‘linmasida 43-yil chilangar-elektrik bo‘lib ishlagan Muhammadolim Jamoliddinov, hamkasblari orasida fidoiyligi, jonkuyarligi bilan hurmat qozongan. U ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, ko‘plab shogirdlar ham yetishtirib chiqardi.
Mehnat faoliyati davomida jamoadoshlariga o‘rnak bo‘lib mehnat qilgan M. Jamoliddinov jamoadoshlari tomonidan munosib tarzda pensiyaga kuzatildi.