E’TIROF ETILDI
Shu munosabat bilan Mexanika-ta’mirlash bo‘linmasi mutaxassislari va ishchi-xodimlari jamoadoshini tabriklash maqsadida tadbir tashkil etishdi. Unda “O‘zmetkombinat” AJ Ayollar kengashi raisi Marhabo Xoliqova, Mexanika-ta’mirlash bo‘linmasi boshlig‘i Farhod Esonaliyev va boshqalar G. Xoliqulovani mukofot bilan qutlab, o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. O‘z navbatida Gulchehra opa ham bunday e’tibordan xursandligini hamda unga berilgan bu e’tirofda jamoadoshlarining ham hissalari katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Albatta, xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yanada oshirish, izzat-ikromini joyiga qo‘yishda hukumatimizning o‘rni va roli juda katta. Shunday ekan oilada va o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bo‘lgan. yurtimizda ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritilishida o‘z ulushlarini qo‘shib kelayotgan qalbi daryo ayollarimiz hamisha omon bo‘lishsin.