Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

«O‘zmetkombinat» AJ tarixi muzeyiga tashrif

07.03.2025 07.03.2025 185

   

Bu muzey nafaqat shaharning muhim maskanlaridan biri, balki O‘zbekiston metallurgiya kombinatining rivojlanish tarixi aks etgan qimmatli manba hisoblanadi.

Ekskursiya davomida bolalar kombinatning tashkil topish jarayoni, uning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Muzey ekspozitsiyasi turli xil noyob materiallar bilan boyitilgan: maketlar, stendlar, arxiv fotosuratlari, kombinatning ilk gazetalari. Ayniqsa, korxonaning tarixiy taraqqiyoti, ilg‘or texnologiyalari va bu yerda faoliyat olib borgan insonlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlar va videolavhalar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Muzey shaharning eng muhim diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib, uni nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy mehmonlar va hamkorlar katta qiziqish bilan tamosha qiladi. Lekin eng muhimi, u yoshlar uchun bir ma’naviy ta’lim maskani vazifasini o‘taydi. Bunday sayohatlar bolalarda o‘z yurtiga bo‘lgan muhabbatni, o‘tmish avlodga hurmatni va o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.

Ekskursiya o‘quvchilar uchun nafaqat bilimli, balki ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘ldi. Ehtimol, ularning orasidan kimdir aynan shu tashrifdan so‘ng metallurgiya sohasiga qiziqish bildirib, o‘z kasbini tanlar.

 

0

(0 ovoz)