Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

08.03.2025 08.03.2025 90

     

   “O‘zmetkombinat” AJda mehnat qilayotgan lobar opa-singillarimiz uchun ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

   Kombinatimizning turli tarkibiy bo‘linmalarida munosib mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarimiz uchun O‘zbekiston davlat yoshlar teatri aktyorlari va xonandalari tomonidan bayram konsert dasturi namoyish etildi.

   Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Hojiyev, so‘z ustalari Sherzod Boymurodov, Erkin Juliyev, G‘ulom Ernazarov Ro‘zimboy Allanazarovlar bahor va nafosat ayyomi bo‘lmish bayram bilan tabriklab, ularga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, bahoriy kayfiyat hamroh bo‘lishini tilab, o‘zlarining hajviy latifalari ila barchaga bayramona kayfiyat ulashishdi.
Shu bilan bir qatorda umidli xonandalardan Ra’no Hojiyeva, Mirzohid Otabekov go‘zal kuy-qo‘shiqlarni ijro etib ko‘ngillarga bahoriy kayfiyat ulashishdi.

 

0

(0 ovoz)