+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BIR GURUH AYOLLAR  TAQDIRLANDI

   Ular orasida «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Zoldir prokatlash bo‘linmasi kran mashinisti Tursunqulova Jamila Shamsiyevna “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Quvonarlisi, J. Tursunqulova Davlat mukofotini shaxsan Prezidentimiz qo‘lidan tantanali ravishda qabul qilib oldi.

   Albatta, Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan opa-singillarimizni munosib taqdirlanishi yaxshi an’anaga aylantirilgan.

   Biz esa o‘z navbatida Jamila Tursunqulovani ushbu yuksak mukofot bilan “O‘zmetkombinat” AJ jamoasi nomidan yana bir bora muborakbod etamiz.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş