KASBIM FAXRIM
Ikromali Izboshev 24 yoshda o‘qishlarni bitirganidan so‘ng oilasiga ko‘mak berish uchun “O‘zmetkombinat” AJga ishga kirib, o‘z mehnat faoliyatini boshladi. “Daryo suvini bahor toshirar odam qadrini mehnat oshirar” deganlaridek I. Izboshev 2002-yildan beri Temir-tersak parchalarini qayta ishlash bo‘linmasida metallarni gazda kesuvchi vazifasida mehnat qilib kelmoqda. 23 yil davomida ustozi Rustam Aliboyevning o‘gitlari bilan hamkasblari orasida hurmat qozonib tajribali ishchiga aylandi.
Qahramonimiz ishga kelgan ilk vaqtlarini eslar ekan, o‘sha vaqtlarda kombinat tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab spartakiadalarda ishtirok etib, munosib natijalarga erishganligini xotirlaydi. Sog‘lom turmush tarzi unga xos bo‘lgan odatlardan biridir. Qolaversa, o‘tgan davr mobaynida hamkasblari bilan respublikamizning turli ziyoratgohlariga borib kelishgan. Demak shundan bilsa ham bo‘ladiki Ikromali Izboshev munosib mehnat qilish bilan bir qatorda, kombinatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda maroqli hordiq ham chiqargan.