YAQIN QARINDOSHLAR BIR JOYDA ISHLASHI MUMKIN EMASMI?
Mehnat kodeksi 121-moddasida o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanishi belgilangan. Bunda ushbu toifadagi shaxslarga: ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari kirishi belgilangan. Shunga ko‘ra er va xotin o‘zaro boshqaruv va bo‘ysinuv tartibida ishlayotgan bo‘lsa, ularning bir tizimda ishlashi mumkin emas. Biroq ikkisining lavozimi birining ikkinchisini nazorati ostida tutmasa yoki bo‘ysunuvi ostida bo‘lmasa, ishlashi mumkin.