+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

TADBIR BO‘LIB O‘TDI

TADBIR BO‘LIB O‘TDI
1 / 3

Xabaringiz bor, 8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan “O‘zmetkombinat” AJning Zoldir prokatlash bo‘linmasi kran mashinisti Jamila Tursunqulova “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. 
Shu munosabat bilan kombinat Ijroiya apparati faollar zalida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda J. Tursunqulovani ushbu mukofot bilan “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisining o'rinbosari-umumiy masalalar bo‘yicha direktor Akmal Sharipov tabriklab,  bugungi kunda ayollarimiz siyosat, ilm-fan, ishlab chiqarish, tadbirkorlik kabi barcha sohalarda samarali mehnat qilib kelayotganligi va butun kuch-qudrati, iqtidori, salohiyatini namoyon etib, fidokorona mehnat qilayotgan ayollarimiz hamisha Vatanimiz ardog‘ida ekanligini ta’kidlab, kombinat rahbariyati nomidan o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. 
Shundan so‘ng Jamila Tursunqulovaga zar chopon, do‘ppi hamda gullar taqdim etildi. Qolaversa O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tashakkurnomasi ham tantanali ravishda topshirildi. O‘z navbatida Jamila opa ham ularga berilgan bu davlat mukofoti butun kombinat ishchi-xodimlariga berilganligini hamda kamtarona mehnati shunday yuksak ulug‘langanligidan xursand ekanligini aytib o‘tdi. 
Tadbir davomida kombinat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Velliullayeva va bir qator ishtirokchilar o‘zlarining tabriklarini bildirishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş